
🇺🇿 “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi!”
🏛Pedagogik mahorat markazi Pedagogika, psixologiya va ta’lim menejmenti kafedrasi v/b dotsenti D.Shaniyazova tomonidan O‘IBDO‘ 1-guruh tinglovchilari hamkorligida “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
🇺🇿 Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati, undagi asosiy tamoyillar, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan islohotlar haqida keng qamrovli ma’lumotlar berildi.
🕹Tadbirni markazning akademik faoliyat bo‘yicha direktor o‘rinbosari Z.Xamrayev kirish so‘zi bilan ochib, Konstitutsiyaning jamiyatda barqarorlik va taraqqiyotga xizmat qiluvchi muhim huquqiy asos ekanini alohida ta’kidladi.
🔰Tinglovchilar mavzu yuzasidan fikr almashdilar, savollariga javob oldilar hamda Konstitutsiyaning hayotimizdagi o‘rni bo‘yicha o‘z mulohazalarini bildirdilar.
📸 Tadbirdan foto lavhalar
×❮❯